Iyman Academy bizga murojaat qildi. Yangi qonunchilik talablariga ko‘ra diniy so‘zlar ishlatilgan nomlardan foydalanib reklama qilish mumkin emas edi. Eski nom esa endi ishlamaydigan bo‘ldi.

SAVOD — o‘quv markazi uchun rebrending keys
Iyman Academy bizga murojaat qildi. Yangi qonunchilik talablariga ko‘ra diniy so‘zlar ishlatilgan nomlardan foydalanib reklama qilish mumkin emas edi. Eski nom esa endi ishlamaydigan bo‘ldi.
Shu sababli loyihani Namingdan boshladik.
Biz tanlagan nom — SAVOD. Oddiy, xalq tilida tez qabul qilinadigan, ta’lim markazining mohiyatini aniq ifodalovchi so‘z. Eng muhimi — patentga topshirish mumkin, domenlar va ijtimoiy tarmoqlarda bo‘sh edi.
Nom asosida logotip va firma uslubini ishlab chiqdik. Ochiq kitob shaklidan ilhomlanib, logotipni o‘zgaruvchan va moslashuvchan qildik. Har bir yo‘nalish uchun alohida rang palettasi ishlab chiqdik: Arabic, English, Russkiy, Medicine va boshqalar.
Bozorni tahlil qilib, ta’lim sohasida kam ishlatiladigan binafsha rangni asosiy brend rangi sifatida tanladik. Tipografiyada esa o‘qishga oson sans serif shriftlar qo‘lladik. Keyin bu uslubni to‘liq tizimga aylantirdik.
Billboardlar, ichki bannerlar, flaglar, kitoblar, ID-kartalar, merch — barchasi yagona vizual identifikatsiya asosida bir butun ko‘rinish oldi.
Shunday qilib, Savod brendi nafaqat yangi nom, balki to‘liq yangilangan ovoz va qiyofaga ega bo‘ldi.




















Обсудим вашу задачу и поможем выбрать услугу. Команда свяжется с вами, чтобы согласовать время разговора.