Shirona Café & Bakery - Naming, Logo, Firma uslubi, Brandbook, Patent

Shirona Café & Bakery - Naming, Logo, Firma uslubi, Brandbook, Patent __Samarqand xarakterida pishgan brend__ Shirona — Samarqanddagi shirinliklar uyi. Tug‘ilgan kun torti ham, ertalabki kruassan ham shu yerda. Bunday joylar ko‘p. Ko‘pining nomini yopsangiz, qaysi biri ekanini ajratolmaysiz. Shironaga esa boshqa narsa kerak edi: bir ko‘rishda esda qolish va «o‘zimizniki» degan his. Shuning uchun Registonni logoga yashirdim. Logodagi «n» harfi va uning ustidagi chiziq birga madrasa peshtoqini eslatadi. Darrov sezilmaydi, lekin sezgan odam jilmayadi. Milliy naqshni piksel uslubida qayta chizdim. Likopchada logo yo‘q, lekin baribir Shirona ekani bilinadi. Ranglar xuddi vitrinadagidek: kruassan, shokolad, qaymoq. Qaraysiz va ishtahangiz ochiladi. Hammasini bitta gap bog‘laydi: «Har bir shirinlikda mehr bor!» Mehmon uni paketda ko‘radi, krujkada o‘qiydi, sumkasida uyiga olib ketadi. Shirona bitta logo emas, butun tizim oldi: naqsh, ranglar, qadoq, merch, poligrafiya va fasad. Har bir biznesning o‘z Registoni bor. Sizniki qayerda? Yozing, birga topamiz.














讨论您的需求并选择合适的服务。团队将联系您安排时间。