§ 01Narxlar
Hamma uchun birdek, shaffof ishlaymiz. Narxni ham yashirmaymiz, ishni ham.
§ 02Vazifa
Mijoz bizga logo uchun kelmaydi. Mijoz bozorda jiddiy qabul qilinishi va narxini oqlay olishi uchun keladi.
Hozir
Mahsulotingiz raqobatchinikidan yaxshi, lekin xaridor javondan chiroyliroq qadoqni oladi.
Biz bilan
Mahsulot o‘zini o‘zi sotadi — sotuvchi tushuntirib o‘tirmaydi.
Hozir
“Sifatimiz yuqori” deysiz, lekin ko‘rinishi arzon. Shuning uchun arzon narxga rozi bo‘lasiz.
Biz bilan
Ko‘rinish narxni oqlaydi — narxni ko‘tarasiz va mijoz savol bermaydi.
Hozir
Har safar boshqa dizayner, har safar boshqa rang. Odam o‘n marta ko‘rsa ham esda qolmaydi.
Biz bilan
Har bir ko‘rish oldingisining ustiga qo‘shiladi — reklama byudjeti yig‘iladi.
Hozir
Nomingiz ro‘yxatdan o‘tmagan. Bir kun kelib “bu nom bizniki” degan xat kelishi mumkin.
Biz bilan
Nom qonuniy sizniki — franshiza, eksport va tender yo‘li ochiladi.
§ 03Xizmatlar
Hammasi birdan kerak emas. Hozir nima kerak bo‘lsa, shuni olasiz — har bir xizmat o‘zicha to‘liq ish va oxirida sizga tayyor fayllar topshiriladi.
Narxlar xizmat uchun. Davlat bojlari alohida to‘lanadi.
Shu xizmat bo‘yicha ishlarimiz
01Brend qurish
Brendingiz bozorda qaysi joyni egallashi kerakligini aniqlaymiz. Kim uchun ishlaysiz, nimasi bilan farqlanasiz va nima deysiz — bitta strategik tizimga keltiramiz.
Narx
48 000 000
so‘m
Muddat
Nima olasiz
Bu sizga nima beradi
Marketing, sotuv va dizayn bitta yo‘nalishda ishlaydi. 48 million so‘m taqdimot uchun emas — kompaniyaning keyingi brend qarorlariga asos bo‘ladigan strategik tizim uchun.
Kimga Kompaniya asoschilari, CEO, marketing rahbarlari, yangi brend yoki rebranding qilayotgan bizneslar
Shu xizmat bo‘yicha ishlarimiz
02Brend qurish
Yaxshi nom — biznesingizning birinchi taassuroti. Bir marta ishlab chiqiladi, butun umr foyda keltiradi.
Narx
10 000 000
so‘m
Muddat
10 kun
Nima olasiz
Bu sizga nima beradi
Nomingizni tanitishga sarflagan har bir so‘m o‘zingizda qoladi — besh yildan keyin “bu nom bizniki” degan xat kelmaydi.
Kimga Yangi biznes ochayotgan yoki hozirgi nomi ishlamayotganlar uchun
Nom noto‘g‘ri tanlansa, keyin patent, domen va reklama uch barobar qimmatga tushadi.
Biz ishlab chiqqan nomlar
Shu xizmat bo‘yicha ishlarimiz
03Brend qurish
Kichkina ekranda ham, katta bannerda ham bir xil ishlaydigan belgi.
Narx
8 000 000
so‘m
Muddat
7 kun
Nima olasiz
Bu sizga nima beradi
Vizitkadan bannergacha, avatardan qadoqqacha — har safar dizaynerga “moslashtirib bering” deb pul to‘lamaysiz.
Kimga Logosi yo‘q yoki eskirgan, zamonaviy ko‘rinmayotgan biznes uchun
Shu xizmat bo‘yicha ishlarimiz
04Brend qurish
Logo — bu bitta belgi. Visual identity — brendingiz hamma joyda tanilishi.
Narx
18 000 000
so‘m
Muddat
10 kun
Nima olasiz
Bu sizga nima beradi
Reklamangiz har oy noldan tanishtirmaydi — har bir ko‘rish oldingisining ustiga qo‘shiladi. Byudjet yig‘iladi, teshik chelakka quyilmaydi.
Kimga Logosi bor, lekin har joyda har xil ko‘rinayotgan biznes uchun
Brendbuklarimizdan lavhalar








05Brend qurish
Brendingiz qoidalari bitta hujjatda. Yangi dizayner kelsa ham tizim buzilmaydi.
Narx
24 000 000
so‘m
Muddat
7 kun
Nima olasiz
Bu sizga nima beradi
Brendingiz odamga emas, qoidaga bog‘lanadi. Dizayner ketsa ham, yangi xodim kelsa ham brend o‘sha-o‘sha qoladi.
Kimga Jamoasi o‘sayotgan, bir nechta dizayner va tipografiya bilan ishlaydiganlar uchun
Visual identity bilan birga olinsa, ikkalasi bitta tizim sifatida ishlanadi.
Shu xizmat bo‘yicha ishlarimiz
06Qadoq
Bitta mahsulot uchun to‘liq qadoq dizayni — tipografiyaga tayyor holda.
Narx
12 000 000
so‘m
Muddat
7 kun
Nima olasiz
Bu sizga nima beradi
Mahsulot javonda o‘zini o‘zi sotadi — sotuvchi tushuntirib o‘tirmaydi. Va narxni ko‘tarishga asos paydo bo‘ladi.
Kimga Do‘kon, marketplace yoki tarmoqqa chiqayotgan ishlab chiqaruvchilar uchun
Shu xizmat bo‘yicha ishlarimiz
07Qadoq
Birinchi qadoq tayyor bo‘lgach, qolgan mahsulotlar arzonroq.
Narx
4 000 000 dan
so‘m
Muddat
+3 kun
Nima olasiz
Bu sizga nima beradi
Butun liniyangiz javonda bitta oila bo‘lib turadi — bittasini olgan xaridor qolganini ham taniydi.
Kimga Bir nechta mahsulot turi bor ishlab chiqaruvchilar uchun
Aniq narx qadoq turining murakkabligiga qarab belgilanadi.
08Huquqiy himoya
Nomingiz band emasligini oldindan bilib oling — bu eng arzon xavfsizlik choralari.
Narx
880 000
so‘m
Muddat
1 ish kuni
Har qo‘shimcha sinf+440 000 so‘m
Nima olasiz
Bu sizga nima beradi
Bir kunlik tekshiruv sizni yillab tanitgan nomdan ayrilishdan saqlaydi. Eng arzon sug‘urta.
Kimga Nomni tanlagan, lekin hali ro‘yxatdan o‘tkazmaganlar uchun
Narx bitta sinf uchun. Naming xizmatiga bu tekshiruv allaqachon kiritilgan.
09Huquqiy himoya
Tovar belgisini ro‘yxatdan o‘tkazish — odatdagi tartibda.
Narx
5 000 000
so‘m
Muddat
7 oy
Nima olasiz
Bu sizga nima beradi
Nom qonuniy sizniki bo‘ladi — franshiza sotish, eksportga chiqish va tenderga kirish yo‘li ochiladi. Brend aktivga aylanadi.
Kimga Shoshilmayotgan, lekin nomini himoyalamoqchi bo‘lganlar uchun
10Huquqiy himoya
Xuddi shu ish, lekin tezlashtirilgan tartibda.
Narx
7 000 000
so‘m
Muddat
20–40 kun
Nima olasiz
Bu sizga nima beradi
Muddat sizni kutib turmaydigan joyda — yetti oy o‘rniga bir oycha. Shartnomani boy bermaysiz.
Kimga Tender, marketplace yoki eksport muddati siqib turganlar uchun
§ 04Jarayon
Biznesingizni, raqobatchilaringizni, auditoriyangizni o‘rganamiz
3 ta yo‘nalish taqdim etamiz, bittasini tanlaysiz
Tanlangan yo‘nalish sayqallanadi
Barcha fayllar va hujjatlar qo‘lingizda
50%
Shartnoma imzolanganda
50%
Loyiha topshirilganda
§ 05Omillar
§ 06Paketlar
Xizmatlarni alohida-alohida olgandan ko‘ra paket bilan olsangiz, ham arzonroq chiqadi, ham hammasi bitta tizim bo‘lib ishlanadi.
Alohida olinsa 85 000 000 so‘m — 15 000 000 so‘m tejaysiz
Eksportga chiqayotgan, marketplace yoki tarmoq do‘konga kirayotgan ishlab chiqaruvchilar uchun
Muddat: 35–45 kun
Alohida olinsa 65 000 000 so‘m — 10 000 000 so‘m tejaysiz
Brendini to‘liq tartibga solmoqchi bo‘lgan, o‘sayotgan biznes uchun
Muddat: 30–35 kun
Alohida olinsa 23 000 000 so‘m — 3 000 000 so‘m tejaysiz
Endi boshlayotgan yoki brendi hali yo‘q biznes uchun
Muddat: 20–25 kun
Muddat dizayn ishlari uchun. Patent guvohnomasi rasmiy tartibda alohida muddatda chiqadi.
§ 07Ishonch
















“Sotuvlarimiz juda zo'r bo'ldi, natijadan xursandmiz. Bozorda eng zo'ri bo'lishingizga ishonamiz.”
Hikmatulloh Toxirov
Almaz Shoes Asoschisi
§ 08Farq
Ish shartnoma asosida boshlanadi: muddat, hajm va topshiriladigan fayllar yozib qo‘yiladi. Yo‘qolib qoladigan odam emassiz — yuridik shaxs bilan ishlaysiz.
Dizayner logo chizadi va ketadi. Biz nomni tekshiramiz, ro‘yxatdan o‘tkazamiz va guvohnomani qo‘lingizga beramiz — brend huquqan sizniki bo‘ladi.
Bu ish bizda tajriba bo‘yicha qilinadi, urinib ko‘rish bo‘yicha emas. Qaysi yechim bozorda ishlashini oldindan bilamiz.
Barcha manba fayllar va qoidalar sizga topshiriladi. Bizdan ketsangiz ham brendingiz ishlayveradi — hech kimga bog‘lanib qolmaysiz.
Xavfingizni kamaytirish uchun
§ 09Savollar
500 minglik logo — bu bitta rasm. Siz undan keyin har bir banner, qadoq va vizitka uchun yana to‘laysiz, chunki fayllar to‘liq emas, qoida yo‘q, har safar yangidan chiziladi. Bizda logo barcha formatlarda, barcha versiyalarda va ishlatish qoidalari bilan keladi. Ustiga patent tekshiruvi — nomingiz birovniki chiqib qolmasligi uchun. Farq narxda emas, keyin qancha to‘lashingizda.
Birdan tayyor ishni ko‘rmaysiz. Avval 3 ta yo‘nalish ko‘rsatamiz, bittasini siz tanlaysiz — shundan keyingina sayqallashga o‘tamiz. Siz tasdiqlamaguningizcha keyingi bosqich boshlanmaydi. Tanlangan yo‘nalish bo‘yicha tahrirlar ham kiritiladi.
Boshida bir marta brif — 40–60 daqiqa suhbat yoki savollarga javob. Keyin har bosqichda taqdimotni ko‘rib, fikr bildirasiz: odatda 2–3 marta, har biri yarim soatdan oshmaydi. Qolgan ishni biz qilamiz.
Ha, to‘lov ikki bosqichda: 50% shartnoma imzolanganda, 50% loyiha topshirilganda. Ya‘ni yarmini oldindan, yarmini natijani ko‘rgach to‘laysiz.
Shuning uchun ariza topshirishdan oldin rasmiy bazadan tekshiruv o‘tkazamiz va xavf darajasini aytamiz. Xavf yuqori bo‘lsa, ochig‘ini aytamiz va nomni o‘zgartirishni taklif qilamiz — pulingizni bilib turib xavfga tikmaymiz.
§ 10Suhbat
20 daqiqalik bepul suhbatda aytamiz. Sotmaymiz — maslahat beramiz.
Narxlar 2026 yil sentyabr holatiga. Yakuniy narx loyiha hajmiga qarab aniqlanadi.