Hamma uchun birdek, shaffof ishlaymiz. Narxni ham yashirmaymiz, ishni ham.
Mijoz bizga logo uchun kelmaydi. Mijoz bozorda jiddiy qabul qilinishi va narxini oqlay olishi uchun keladi.
Hozir
Mahsulotingiz raqobatchinikidan yaxshi, lekin xaridor javondan chiroyliroq qadoqni oladi.
Biz bilan
Mahsulotni ajratib ko‘rsatadigan va ma’lumotlarini tushunarli beradigan qadoq.
Hozir
“Sifatimiz yuqori” deysiz, lekin ko‘rinishi arzon. Shuning uchun arzon narxga rozi bo‘lasiz.
Biz bilan
Mahsulot sifati va biznes yo‘nalishiga mos vizual ko‘rinish.
Hozir
Har safar boshqa dizayner, har safar boshqa rang. Odam o‘n marta ko‘rsa ham esda qolmaydi.
Biz bilan
Har xil reklama va materiallarda bir xil rang, shrift va uslub.
Hozir
Nomingiz ro‘yxatdan o‘tmagan. Bir kun kelib “bu nom bizniki” degan xat kelishi mumkin.
Biz bilan
Tovar belgisi bo‘yicha tekshiruv va ro‘yxatdan o‘tkazish jarayonida yordam.
Hammasi birdan kerak emas. Hozir nima kerak bo‘lsa, shuni olasiz — har bir xizmat o‘zicha to‘liq ish va oxirida sizga tayyor fayllar topshiriladi.
Narxlar xizmat uchun. Davlat bojlari alohida to‘lanadi.
Shu xizmat bo‘yicha ishlarimiz
01Brend qurish
Brendingiz bozorda qaysi joyni egallashi kerakligini aniqlaymiz. Kim uchun ishlaysiz, nimasi bilan farqlanasiz va nima deysiz — bitta strategik tizimga keltiramiz.
Narx
48 000 000
so‘m
Muddat
Nima olasiz
Bu sizga nima beradi
Marketing, sotuv va dizayn bitta yo‘nalishda ishlaydi. 48 million so‘m taqdimot uchun emas — kompaniyaning keyingi brend qarorlariga asos bo‘ladigan strategik tizim uchun.
Kimga Kompaniya asoschilari, CEO, marketing rahbarlari, yangi brend yoki rebranding qilayotgan bizneslar
Shu xizmat bo‘yicha ishlarimiz
02Brend qurish
Biznesingizga mos, esda qoladigan nom va uning tanlash asosini ishlab chiqamiz.
Narx
10 000 000
so‘m
Muddat
10 kun
Nima olasiz
Bu sizga nima beradi
Biznesingizga mos nom, tanlash izohi va mavjudlik tekshiruvlarini olasiz. Ro‘yxatdan o‘tkazish alohida xizmat.
Kimga Yangi biznes ochayotgan yoki hozirgi nomi ishlamayotganlar uchun
Nom tanlashda domen, ijtimoiy tarmoq va tovar belgisi bo‘yicha mavjudlik hisobga olinadi.
Biz ishlab chiqqan nomlar
03Brend qurish
Kichkina ekranda ham, katta bannerda ham bir xil ishlaydigan belgi.
Narx
8 000 000
so‘m
Muddat
7 kun
Nima olasiz
Bu sizga nima beradi
Turli o‘lcham va formatdagi tayyor logotip fayllari ishlatishni osonlashtiradi.
Kimga Logosi yo‘q yoki eskirgan, zamonaviy ko‘rinmayotgan biznes uchun
04Brend qurish
Logotip — bitta belgi. Firma uslubi — ranglar, shriftlar va grafik elementlarning turli materiallarda bir xil ishlashi.
Narx
18 000 000
so‘m
Muddat
10 kun
Nima olasiz
Bu sizga nima beradi
Ranglar, shriftlar va maketlar turli materiallarda bir xil ko‘rinish yaratishga yordam beradi.
Kimga Logosi bor, lekin har joyda har xil ko‘rinayotgan biznes uchun
Brendbuklarimizdan lavhalar








05Brend qurish
Brendingiz qoidalari bitta hujjatda. Yangi dizayner kelsa ham tizim buzilmaydi.
Narx
24 000 000
so‘m
Muddat
7 kun
Nima olasiz
Bu sizga nima beradi
Brendingiz odamga emas, qoidaga bog‘lanadi. Dizayner ketsa ham, yangi xodim kelsa ham brend o‘sha-o‘sha qoladi.
Kimga Jamoasi o‘sayotgan, bir nechta dizayner va tipografiya bilan ishlaydiganlar uchun
Visual identity bilan birga olinsa, ikkalasi bitta tizim sifatida ishlanadi.
06Qadoq
Bitta mahsulot uchun to‘liq qadoq dizayni — tipografiyaga tayyor holda.
Narx
12 000 000
so‘m
Muddat
7 kun
Nima olasiz
Bu sizga nima beradi
Qadoq mahsulotni ajratib ko‘rsatishga va uning ma’lumotlarini tushunarli berishga yordam beradi.
Kimga Do‘kon, marketplace yoki tarmoqqa chiqayotgan ishlab chiqaruvchilar uchun
07Qadoq
Birinchi qadoq tayyor bo‘lgach, qolgan mahsulotlar arzonroq.
Narx
4 000 000 dan
so‘m
Muddat
+3 kun
Nima olasiz
Bu sizga nima beradi
Butun liniyangiz javonda bitta oila bo‘lib turadi — bittasini olgan xaridor qolganini ham taniydi.
Kimga Bir nechta mahsulot turi bor ishlab chiqaruvchilar uchun
Aniq narx qadoq turining murakkabligiga qarab belgilanadi.
08Huquqiy himoya
Nomingiz band emasligini oldindan bilib oling — bu eng arzon xavfsizlik choralari.
Narx
880 000
so‘m
Muddat
1 ish kuni
Har qo‘shimcha sinf+440 000 so‘m
Nima olasiz
Bu sizga nima beradi
O‘xshash nomlar va ro‘yxatdan o‘tish xavflari haqida xulosa olasiz. Bu ro‘yxatdan o‘tish kafolati emas.
Kimga Nomni tanlagan, lekin hali ro‘yxatdan o‘tkazmaganlar uchun
Narx bitta sinf uchun. Naming xizmatiga bu tekshiruv allaqachon kiritilgan.
09Huquqiy himoya
Tovar belgisini ro‘yxatdan o‘tkazish — odatdagi tartibda.
Narx
5 000 000
so‘m
Muddat
7 oy
Nima olasiz
Bu sizga nima beradi
Ro‘yxatdan o‘tkazish uchun hujjatlar tayyorlanadi va jarayon kuzatiladi. Qaror ekspertiza natijasiga bog‘liq.
Kimga Shoshilmayotgan, lekin nomini himoyalamoqchi bo‘lganlar uchun
10Huquqiy himoya
Xuddi shu ish, lekin tezlashtirilgan tartibda.
Narx
7 000 000
so‘m
Muddat
20–40 kun
Nima olasiz
Bu sizga nima beradi
Tezlashtirilgan tartibda ariza tayyorlash va jarayonni kuzatish. Yakuniy muddat rasmiy jarayonga bog‘liq.
Kimga Tender, marketplace yoki eksport muddati siqib turganlar uchun
Biznesingizni, raqobatchilaringizni, auditoriyangizni o‘rganamiz
3 ta yo‘nalish taqdim etamiz, bittasini tanlaysiz
Tanlangan yo‘nalish sayqallanadi
Barcha fayllar va hujjatlar qo‘lingizda
50%
Shartnoma imzolanganda
50%
Loyiha topshirilganda
Xizmatlarni alohida-alohida olgandan ko‘ra paket bilan olsangiz, ham arzonroq chiqadi, ham hammasi bitta tizim bo‘lib ishlanadi.
Alohida olinsa 85 000 000 so‘m — 15 000 000 so‘m tejaysiz
Eksportga chiqayotgan, marketplace yoki tarmoq do‘konga kirayotgan ishlab chiqaruvchilar uchun
Muddat: 35–45 kun
Alohida olinsa 65 000 000 so‘m — 10 000 000 so‘m tejaysiz
Brendini to‘liq tartibga solmoqchi bo‘lgan, o‘sayotgan biznes uchun
Muddat: 30–35 kun
Alohida olinsa 23 000 000 so‘m — 3 000 000 so‘m tejaysiz
Endi boshlayotgan yoki brendi hali yo‘q biznes uchun
Muddat: 20–25 kun
Muddat dizayn ishlari uchun. Patent guvohnomasi rasmiy tartibda alohida muddatda chiqadi.

































“Bu jamoa bilan ishlaganimdan juda xursandman. Tez va kutilganidan ham a'lo darajada natija oldim. O'zim ham brending, ham stiker, ham patentlash bo'yicha buyurtma qoldirgandim. 7 oydan so'ng hammasi tayyor bo'ladi Xudo xohlasa. Halol ishlaysizlar, Alloh rozi bo'lsin. Juda xursandman, ishlaringizda zafarlar tilab qolaman. Rahmat.”
Sevara Holmanova
Fidda by Sevara asoschisi
“3 yil oldin shu brendning logosini sizlar ishlab bergandingiz. Ajoyib chiqqan, rostdan hamma maqtayapti. Rahmat katta, Baxtiyor aka.”
Nodirbek
Barakah Restoran asoschisi
“Kutganimdan ham yaxshiroq bo'lib chiqibdi. Hozir logotipga qarab o'zim maza qilyapman. Menga yoqqan tarafi - ishonchli. Vaqtidan ertaroq qilib berganliklari ham juda yaxshi bo'ldi. Natijalarni tezroq ulashganlari a'lo. Katta rahmat aka!”
Javohir Haqberdiyev
Perfona asoschisi
Ish shartnoma asosida boshlanadi: muddat, hajm va topshiriladigan fayllar yozib qo‘yiladi. Yo‘qolib qoladigan odam emassiz — yuridik shaxs bilan ishlaysiz.
Patent tekshiruvi va ro‘yxatdan o‘tkazish alohida xizmat sifatida tanlanadi. Dizayn narxiga avtomatik qo‘shilmaydi.
Har loyiha brif, tahlil, konsepsiya va topshirish bosqichlaridan o‘tadi. Qarorlar taqdimot va tasdiq bilan yuradi.
Barcha manba fayllar va qoidalar sizga topshiriladi. Bizdan ketsangiz ham brendingiz ishlayveradi — hech kimga bog‘lanib qolmaysiz.
Xavfingizni kamaytirish uchun
Logotip narxiga uchta konsepsiya, tanlangan yo‘nalishni sayqallash, turli format va versiyadagi fayllar hamda qo‘llash qoidalari kiradi. Tovar belgisi tekshiruvi va ro‘yxatdan o‘tkazish alohida xizmatlar.
Birdan tayyor ishni ko‘rmaysiz. Avval 3 ta yo‘nalish ko‘rsatamiz, bittasini siz tanlaysiz — shundan keyingina sayqallashga o‘tamiz. Siz tasdiqlamaguningizcha keyingi bosqich boshlanmaydi. Tanlangan yo‘nalish bo‘yicha tahrirlar ham kiritiladi.
Boshida bir marta brif — 40–60 daqiqa suhbat yoki savollarga javob. Keyin har bosqichda taqdimotni ko‘rib, fikr bildirasiz: odatda 2–3 marta, har biri yarim soatdan oshmaydi. Qolgan ishni biz qilamiz.
Ha, to‘lov ikki bosqichda: 50% shartnoma imzolanganda, 50% loyiha topshirilganda. Ya‘ni yarmini oldindan, yarmini natijani ko‘rgach to‘laysiz.
Shuning uchun ariza topshirishdan oldin rasmiy bazadan tekshiruv o‘tkazamiz va xavf darajasini aytamiz. Xavf yuqori bo‘lsa, ochig‘ini aytamiz va nomni o‘zgartirishni taklif qilamiz — pulingizni bilib turib xavfga tikmaymiz.
20 daqiqalik bepul suhbatda aytamiz. Sotmaymiz — maslahat beramiz.
Narxlar 2026 yil sentyabr holatiga. Yakuniy narx loyiha hajmiga qarab aniqlanadi.