Loading...
Premium parfyumeriya brendi uchun "RR" monogrammasi asosidagi to'liq vizual aydentika — atir flakonidan do'kon vitrinasigacha yagona oltin uslub.

Yangi parfyumeriya brendini bozorga premium darajada olib chiqish kerak edi. Har bir aloqa nuqtasi — do'kon, qadoq, mobil ilova — yagona, esda qoladigan va ishonchli qiyofada bo'lishi talab etilardi.
"RR" monogrammasi va nafis geometrik naqsh asosida oltin-qora palitra ishlab chiqdik. Logotip, vizitka, paket, xodim formasi, do'kon vitrinasi, kassa zonasi va mobil ilova ikonkasi — barchasi bitta vizual tizimda birlashtirildi.
Brend har joyda — flakon yorlig'idan do'kon peshtog'igacha — bir xil premium hissiyot beradi. Mijoz brendni bir ko'rishda taniydi va u raqobatchilardan ajralib turadi.




Biz bilan bog'laning va brendingiz bozorda qanchalik kuchli ekanini tekshirish uchun Bepul Brand Audit band qiling.