Loading...
Loading...
Yaxshi qadoq — sotuvchidir. U mahsulotingizni javonda darhol ajratib turadi va xarid qilishga undaydi.
Tadqiqotlar ko'rsatishicha, xaridorlarning 70% qadoq dizayni asosida qaror qabul qiladi.
Biz qadoq dizaynini brendingiz strategiyasi bilan uyg'unlashtiramiz — natijada faqat chiroyli emas, balki haqiqatda sotadigan qadoq yaratamiz.

Brifingdan tayyor faylgacha — har bir bosqich siz bilan birgalikda.
Mahsulotingiz, auditoriyangiz va raqobatchilarning qadoqlarini o'rganamiz.
Brendingiz qadriyatlariga mos 2-3 ta vizual yo'nalish taklif qilamiz.
Tanlangan konsepsiyani to'liq qadoq dizayniga aylantirish.
Yaxshi qadoq dizayni — shunchaki chiroyli bezak emas, balki biznes uchun ishlaydigan vositadir. Biz funktsional, strategik o'ylangan dizaynni ishlab chiqamiz, unda qadoq to'laqonli sotuv vositasi bo'lib xizmat qiladi.